Welcome to the InDoc!

Be International
Xalqaro shifokor bo'ling!
USMLE Steps tayyorgarlik va fundamental tibbiyot kurslari.

BIZ HAQIMIZDA

InDoc (International Doctor) - Xalqaro tibbiy litsenziyalash imtihoniga tayyorlov markazi

InDoc - tibbiyot o'quv markazi bo'lib, eng murakkab va keng e'tirof etilgan – USMLE (United States Medical Licensing Examination) imtihoniga zamonaviy, maxsus va amaliyotga yo'naltirilgan tayyorlov kurslarini taqdim etadi.
  • USMLE Step 1 va Step 2 darajalarini muvaffaqiyatli topshirgan o'qituvchilar jamoasi
  • Doimiy koordinatorlar nazorati
  • Doimiy aktiv bo'lgan o'quvchilar uchun ajoyib bonuslar

KO'P SO'RALADIGAN SAVOLLAR

Quyida USMLE haqida, tayyorlanish jarayonlari, kursning talablari, imtohonga doir ma'lumotlar bo'yicha ko'p beriladigan savollar bilan tanishing

Darslar qaysi tilda bo'lib o'tadi?

Dars jarayonida ishlatilinadigan barcha ma'lumotlar (kitoblar, slaydlar, ilovalar) ingliz tilida. Mavzularni tushuntirish, izohlar va savol-javoblar o'zbek tilida bo'ladi.

Kursda qatnashishi uchun IELTS sertifikati kerakmi?

Tayyorgarlikni boshlash uchun IELTS shart emas. O'quvchidan talab qilinadigan ingliz tilining minimal darajasi pre-intermediate hisoblanadi. Kurs mobaynida ingliz tili ko'nikmalaringiz darajasi katta ehtimol bilan yaxshilanadi.

Talaba bo'lib turib ham USMLE imtihonini topshirsa bo'ladimi?

Ha, talabalik paytida ham

Qachon boshlashimiz mumkin?

Yil davomida guruhlarga qabul bo`ladi. Darslar boshlanishidan bir hafta oldin sizlarga qanday qilib to'g'ri o'qishni, dasturlardan foydalanishni, savollar banklari bilan qanday ishlash kerakligini, imtihon tuzilishini, tayyorlanish usullarini tushuntirib beramiz va sizga kichik sirlarni ochib beramiz. Buning uchun biz haq olmaymiz, to'lov birinchi dars ochilgan kundan boshlab belgilanadi.

Qaysi darajadagi ingliz tili talab qilinadi?

Tayyorgarlikni boshlash uchun talab qilinadigan ingliz tilining minimal darajasi pre-intermediate hisoblanadi. O’qish davomida barcha til ko'nikmalaringizni yaxshilashingiz mumkin. IELTS shart emas!

Ingliz tili bilmayman, men ham o'qisam bo'ladimi?

Aynan ingliz tilini avval ko'tarmoqchi bo'lganlar uchun bizda Medical English kursi mavjud. Bu maxsus kurs orqli Siz qisqa muddat ichida ingliz tili darajangizni ko'tarishingiz mumkin)

Mendagi bilim juda zaif / nolga teng. Kursni eplab keta olamanmi?

Ha. Ba’zida oppoq qog’ozdan boshlash osonroq, ammo to’g’ri yo’nalishda to’g’ri ko’rsatmalar bilan. Darslar shunday tuzilganki, hamma narsa juda oddiy tilda hayotiy misollar bilan tushuntiriladi.

O'QUVCHILAR FIKRI

Oʻquv kurslarimiz, qoʻlga kiritilgan bilim va koʻnikmalar, olingan natijalar haqida bitiruvchilarimizdan kerakli tavsiyalar oling.

Kumushxon

"Men USMLE Uzbekistan kursida  xalqaro darajadagi tibbiyot bilimlarini ingliz tilida o'rgandim. Kursdan judayam mamnunman. Bu kurs menga tibbiyotning eng oson,qulay va katta bazasini berdi. Oldinlari tibbiyotni judayam qiyin, tushunishga qiyin yo'ldan o'qigan ekanman. Bu kurs menga yana ma'lumotlardan qay usulda to'g'ri foydalanishni ham o'rgatdi, katta bazzlar berdi. Bu bilimlar institutimdagi dars jarayonlarida ham katta yordam berdi. Va yana men bu muhitdagi ko'pchilik bilan tanishdim va hozirgacha ma'lumot almashib turamiz."

Munisa

"Kurs juda ham ajoyib, foydali bòlgan. Tibbiyotdan kònglib qolib) "medicine is not my cup of tea" deb yurgan paytlarimda usmle haqida bilib qolganim va kursga qatnashganimni juda katta omad deb bilaman. After course experience haqida esa exam topshirib keyin yanayam kursni maqtab, maqtanib gapirish nasib qilsin. Hamma hammaga tavsiya qilaman, hatto imtihon topshirmoqchi bòlmaganlarga ham. Chunki kitoblar shunchaki bomba, kelajakda qaysi yònalishni egallamang albatta sizga mustakam bilim poydevori bòlib bera oladi."

Lazizbek

Online o'quvchi

"Rahmat kottakon Alloh rozi bo'lsin. Judayam savobli ish qivosila"

Xurshid

Shifokor

"Kurs albatta menga ko'plab bilimlar olishimda yordam berdi. O'qituvchi va jamoa tomonidan darslar ajoyib tashkil qilingan. O'qituvchining bilim saviyasi bunga to'laqonli yetarli."

Musulmon

"Kursdan oldin men yaxshi shifokor bo'lishimga shubham bor edi. Kurs davomida o'zim bo'lgan ishonchim ortdi."

Ro'za

"Every lesson we learnt something new. I started seeing medicine from another angle. I may definitely say that with the aid of course I managed to broaden my horizon."